Joriy yilning, 24-iyul kuni IPCA tasnifiga kiruvchi jismoniy imkoniyati cheklangan shaxmatchilar o‘rtasida XXIV Jahon chempionatining blits yo‘nalishi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 16 mamlakatdan 89 nafar ishtirokchi qatnashdi. O‘zbekiston sharafini esa 7 nafar shaxmatchimiz munosib himoya qildi.
Musobaqa 9 turdan iborat bo‘lib, 5+3 vaqt nazoratida tashkil etildi.
Quvonchli yangilik: 15 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida hamyurtimiz Azimjonov Abdurahmon faxrli 3-o‘rinni egalladi!
Ma’lumot uchun:
➡️Rapid yo‘nalishidagi bahslar 25–26-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
➡️Standart yo‘nalishdagi musobaqalar esa 30-iyulgacha davom etadi.
O‘zbekistonlik sportchilarga navbatdagi bahslarda ham omad tilaymiz!