Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 28.07.2025
view 87
Hamyurtimiz muddatidan oldin Markaziy Osiyo chempioni bo‘ldi!
timeline

Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida davom etayotgan Markaziy Osiyo chempionatining 8-tur yakunlariga ko‘ra, 10 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Nazirkulova Mehribonu barcha raqibalaridan o‘zib, muddatidan oldin oltin medalni qo‘lga kiritdi.

28-iyul kuni musobaqaning hal qiluvchi 9-tur bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda sportchilarimiz o‘z yosh toifalari bo‘yicha sovrinli o‘rinlar uchun kurashni davom ettiradilar.

Mehribonuning bu erta g‘alabasi — nafaqat uning shaxsiy yutug‘i, balki murabbiylari va ota-onasining sabr-toqati va fidoyiligi natijasidir.

Mehribonu Nazirkulovani, uning ustozlarini va oilasini ushbu yuksak natija bilan chin dildan tabriklaymiz!

Sahifalar cancel
Tillar