Joriy yilning, 19–27-iyul kunlari Fransiyaning Eks-an-Provans shahrida o‘tkazilgan “Dole Open–2025” xalqaro turniri o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqada 44 davlatdan 276 nafar shaxmatchi ishtirok etdi.
“Masters” guruhida O‘zbekiston vakili, xalqaro grossmeyster Muhiddin Madaminov (FIDE reytingi 2553) 9 turda 6.5 ochko to‘plab, yakunda 15-o‘rinni egalladi.
Ushbu guruhda quyidagi shaxmatchilar g‘olib bo‘lishdi:
1-o'rin Malek Yan (Polsha) – 7.5 ochko
2-o'rin Iniyan Pa (Hindiston) – 7.5 ochko
3-o'rin Pavel Eljanov (Ukraina) – 7 ochko
“Accession” guruhida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zolari ham yuksak natijalarga erishdi.
Salimova Asal 7 ochko bilan umumiy hisobda 2-o‘rinni egalladi.
Ayollar o‘rtasidagi alohida natijalar:
1-o'rin Orazmuxamedova Makhim – 6.5 ochko
2-o'rin Imomquzieva Nilufarxon – 6 ochko
Guruhda umumiy g‘oliblar:
1-o'rin Darshan G. (Hindiston) – 8 ochko
2-o'rin Salimova Asal (O‘zbekiston) – 7 ochko
3-o'rin Jean-Michel Bigonne (Fransiya) – 6.5 ochko
“Petits Zelos” guruhida esa quyidagi shaxmatchilar yetakchilik qildi:
1-o'rin Provost Erik (Fransiya) – 8 ochko
2-o'rin Gezzali Leana (Fransiya) – 7 ochko
3-o'rin Marazzi Yanis (Fransiya) – 7 ochko
Samimiy qutlaymiz!