Hindistonning Goa shahrida 21–30 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan IPCA tasnifidagi XXIV Jahon chempionatida jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilarimiz shonli ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildilar.
O‘zbekiston terma jamoasi vakillari standart, rapid va blits yo‘nalishlarida umumiy hisobda 5 ta medalni qo‘lga kiritishdi.
G‘olib va sovrindorlar:
Normuminov Uralbek – 1-o‘rin (rapid), 2-o‘rin (standart)
Azimjonov Abdurahmon – 3-o‘rin (standart va blits)
Ergashov Nurmuhammad – 3-o‘rin (rapid)
Kuni kecha, sportchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida iliq kutib olindi. O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi vakillari, ota-onalar, sport jamoatchiligi ularni yuksak e’tibor bilan kutib olib, g‘alaba bilan qutlashdi.
G‘urur va faxr uyg‘otadigan natijalar bilan Vatanga qaytgan shaxmatchilarimizni chin dildan muborakbod etamiz!
Ularning har bir g‘alabasi – sabr, iroda va mehnatning yorqin mevasidir. Yangi yutuqlarga yo‘l ochilsin!