Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 12.08.2025
view 200
“B. Holmirzaev Memorial – 2025” Reytingli turniri!
timeline

Joriy yilning 25–30-avgust kunlari 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar uchun aylanma tizimda sport ustasi, “Shuhrat” medali sohibi, ko‘plab iqtidorli shaxmatchilarni tayyorlashga katta hissa qo‘shgan Baxtiyor Holmirzaev xotirasiga bag‘ishlangan “B. Holmirzaev Memorial – 2025” reytingli shaxmat turniri o‘tkaziladi.

Qo‘shimcha imkoniyatlar:

Turnirda 2013-yil va undan keyin tug‘ilgan, O‘zbekiston chempionati sovrindorlari (1–2–3-o‘rin) va xalqaro reytingi 1800+ bo‘lgan 6 nafar shaxmatchilar taklif etiladi.

Chempion bolalarga qarshi o‘ynash uchun 2025-yil 1-avgust holatiga ko‘ra reytingi 2000+ bo‘lgan 4 nafar shaxmatchi taklif qilinadi

Nazorat vaqti: 90 daqiqa + 30 soniya qo‘shimcha.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 20-avgust, soat 16:00 gacha.

Ro‘yxatdan o‘tish va hujjatlar topshirish uchun: Telegram orqali @RustamAbdusaitov ga murojaat qiling.

Sahifalar cancel
Tillar