Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 13.08.2025
view 202
Samarqand shahrida National Arbitrlik bo‘yicha maxsus o‘quv-seminar!
timeline

Joriy yilning, 25–26-avgust kunlari Samarqand shahrida, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tashabbusi bilan National Arbitrlik bo‘yicha maxsus o‘quv-seminar tashkil etiladi.

Mazkur seminar 20 nafardan ortiq ishtirokchiga xalqaro standartlar asosida hakamlik bo‘yicha bilim va malakasini oshirish, amaliy tajriba orttirish imkonini beradi. Tadbir yakunida ishtirokchilar test sinovlarini topshiradilar.

Imtihon natijalariga ko‘ra muvaffaqiyatli baho olgan mutaxassislarga National arbitri sertifikati taqdim etilib, ularga mahalliy va xalqaro musobaqalarda hakamlik qilish huquqi beriladi.

Boshlanish vaqti: 10:00

Ishtirok etish to‘lovi: 375 000 so‘m

Shartlar: FIDE ID mavjud bo‘lishi shart

Manzil: Samarqand shahri, Kamoliddin Behzod ko‘chasi, 2-uy (20-maktab, mo‘ljal: SamDAQI yonida)

Aloqa uchun: +998 93 205 01 92, +998 93 343 18 06


Sahifalar cancel
Tillar