Qadimiy va betakror Samarqand shahri “Grand Swiss 2025” xalqaro musobaqasi ishtirokchilarini kutib olish shukuhiga burkangan.
Dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurayotgan shaxmat yulduzlari yurtimiz mehmondo‘stligidan iliq taassurotlar olishmoqda.
Musobaqa nafaqat yirik sport maydoni, balki do‘stlik, madaniyat va tajriba almashuvining yorqin ramziga aylanishi kutilmoqda.