Joriy yilning 23–30-sentyabr kunlari Toshkent shahridagi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi binosida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro shaxmat turniriga start berildi.
Mazkur musobaqada xalqaro toifadagi sport ustasi va xalqaro grossmeyster unvon talablarini bajarish imkoniyati mavjud.
Turnirda Armaniston, Belarus, FIDE, Isroil, Qozog‘iston davlatlari hamda O‘zbekistondan jami 10 nafar yetakchi shaxmatchi ishtirok etmoqda,musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 1000 AQSH dollarini tashkil etadi.