Joriy yilning, 22-29-sentyabr kunlari Peru poytaxti Lima shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida tezkor shaxmat (rapid) va blits yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada dunyoning 19 mamlakatidan jami 89 nafar yosh shaxmatchi ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasidan 6 nafar yosh sportchimiz ushbu nufuzli chempionatda yurtimiz sharafini munosib himoya qildilar.