Joriy yilning, 20–30-sentyabr kunlari Toshkent shahrida eshitishida nuqsoni bo‘lganlar o‘rtasida IV Osiyo chempionati o‘tkazildi. Musobaqa doirasida bir qator yirik turnirlar tashkil etildi.
“1st ICCD-Asia Rapid Deaf Team Chess Championship” (Erkaklar va Ayollar)
Musobaqa 9 turdan iborat bo‘lib, aylanma tizimda o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Hindiston hamda ICCD Osiyo erkaklar jamoasi vakillari ishtirok etdi.