Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 02.10.2025
view 125
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilarning xalqaro maydondagi ishonchli ishtiroki
timeline

Joriy yilning, 18-sentyabridan 1-oktabrgacha Qozog‘istonning Olmaota shahrida 8, 10 va 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 88 ta mamlakatidan 842 nafar yosh shaxmatchi ishtirok etdi. Ulardan 16 nafari Vatanimiz sharafini himoya qildi. 

25-sentyabr kuni chempionat doirasida masalalar yechish bo‘yicha ham Jahon chempionati tashkil etildi. Unda 192 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. Musobaqada 8 ta masalani 1 soat ichida to‘g‘ri va tez yechgan ishtirokchilar yuqori baholandi. 

O‘zbekistonlik shaxmatchilarning yutuqlari:

Xusnitdinova Xusnora — 10 yoshgacha qizlar o‘rtasida 1-o‘rin

Nematillaxonov Nurmuhammad — 10 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida 2-o‘rin

12 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Obidjonov Oriyat — 4-o‘rin

O‘zbekistonlik shaxmatchilarni tabriklaymiz va kelgusida ham yangi marralarni zabt etishlarini tilaymiz!

Sahifalar cancel
Tillar