Joriy yilning 18-19-oktyabr kunlari soat 10.00 da Toshkent shahrida joylashgan Xalqaro shaxmat akademiyasida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan National Arbiter (Milliy hakam) lik uchun o‘quv seminari tashkil etiladi.
Seminar davomida xalqaro tajribaga ega mutaxassislar ishtirokchilarga nazariya va amaliy bilimlarni yetkazib berishadi.
Lektorlar:
FIDE Arbiter—Rustam Abdusaitov
Xalqaro Arbiter—Komiljon Azizov
Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot uchun telegram orqali @RustamAbdusaitov ga murojaat qilishingiz mumkin!