Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 17.10.2025
view 21
O‘zbekiston jamoasi Moskvadagi Xalqaro maktab shaxmat festivalida 3-o‘rinni egalladi!
timeline

Joriy yilning 12–16-oktyabr kunlari Moskva shahrida Xalqaro maktab sport festivali bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli festivalda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan jami 450 nafardan ortiq yosh sportchilar futbol, basketbol, voleybol, kurash, stol tennisi hamda shaxmat yo‘nalishlarida o‘zaro bellashdilar.

MDX davlatlari o‘rtasida tashkil etilgan shaxmat turnirida O‘zbekiston jamoasi faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston jamoasi tarkibi:

Rasuljonov Abubakr

Ibragimov Imron

Ibraymova Madina

Mirkodirova Sevinch

Murabbiy: Kurbanov Abdulaziz

Mazkur natija yosh shaxmatchilarimizning xalqaro maydondagi yuksak tayyorgarligi, jamoaviy ruh va fidoyiligining yorqin ifodasidir.

Sahifalar cancel
Tillar