Joriy yilning 5-12 mart kunlari Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida “Women’s Chess Championship” xalqaro shaxmat turniri o‘tkaziladi.Musobaqa shvetsarcha tizimda ikki guruhda bo‘lib o‘tadi. FIDE 1 mart kuni belgilagan standart bo‘yicha, “A” guruhida 1500 va undan yuqori reytingga ega shaxmatchilar, “B” guruhida esa 1499 va undan past reytingga ega shaxmatchilar qatnashadi.Musobaqaning sovrin jamg‘armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Vaqt nazorati — 90 daqiqa, har yurishga 30 soniya qo‘shiladi.