5–12-mart kunlari Toshkentda "Women's Chess Championship" xalqaro ayollar shaxmat turniri bo‘lib o‘tadi. Musobaqa shveytsar tizimida ikkita guruhda o‘tkaziladi. 1-mart holatiga ko‘ra, FIDE standartiga muvofiq, "A" guruhida 1500 va undan yuqori reytingga ega shaxmatchilar, "B" guruhida esa 1499 va undan past reytingga ega shaxmatchilar ishtirok etadi. Turnirning mukofot jamg‘armasi 10 000 AQSh dollarini tashkil etadi. Vaqt nazorati: 90 daqiqa, har bir yurish uchun 30 soniya qo‘shiladi