Group
Asosiy
Tarix
2004
Roppa-rosa 16 yil muqaddam o‘zbek o‘g‘loni dunyo shaxmat tojini qo‘lga kiritgan edi.
Roppa-rosa 16 yil muqaddam o‘zbek o‘g‘loni dunyo shaxmat tojini qo‘lga kiritgan edi.
2004-yil 13-iyul. Bu sana o‘zbek sporti tarixiga zarhal harflar bilan bitildi. Chunki aynan shu kuni o‘zbek grossmeysteri Rustam Qosimjonov Liviyaning Tripoli shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida g‘alaba qozonib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.
calendar 27.02.2025
timeline

Rustam Qosimjonov 1979-yil 5-dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U yoshligidan shaxmatga qiziqib, 5 yoshidan boshlab jiddiy shug‘ullangan. 15 yoshida Osiyo chempioni bo‘lgan. 1997-yilda, 18 yoshida xalqaro grossmeyster unvoniga sazovor bo‘ldi. Oradan bir yil o‘tib, kattalar o‘rtasida ham qit’ada yetakchi ekanligini isbotlab, jahon shaxmat maydonida o‘z o‘rnini topdi.2004-yilgi Jahon shaxmat chempionati Liviyada o‘tkazildi. O‘sha paytda Qosimjonov FIDE reytingida 54-o‘rinda edi. Siyosiy sabablarga ko‘ra ba’zi kuchli shaxmatchilar turnirda qatnashishdan bosh tortdi. Bu esa aynan kuchga to‘lgan Qosimjonov uchun katta imkoniyat edi. Shunga qaramay, Liviyada deyarli barcha kuchli shaxmatchilar jam bo‘ldi.

Sahifalar cancel
Tillar