Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 29.10.2025
view 112
Olimpiada oldidan muhim tayyorgarlik bosqichi boshlandi!
timeline

Joriy yilning, 27-oktabr 8-noyabr kunlari taniqli grossmeyster va tajribali murabbiy Pavel Elyanov (Eljanov) boshchiligida 2–3-jamoalar bilan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Mazkur mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi – terma jamoaning zaxira tarkibini mustahkamlash, yosh shaxmatchilarning tayyorgarlik darajasini yanada oshirish va jamoaviy o‘yin sifatini yaxshilashdan iborat. 

Yig‘in davomida sportchilarning o‘yinlari, strategik fikrlash darajasi hamda psixologik tayyorgarligi murabbiylar tomonidan batafsil tahlil qilinadi.

Mashg‘ulotlar yakunida natijalar sarhisob qilinib, eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan 5 nafar shaxmatchi tanlab olinadi. Ular asosida O‘zbekiston shaxmat terma jamoasining ikkinchi tarkibi shakllantiriladi.

Kelgusida ushbu shaxmatchilar bilan doimiy ravishda, offline va online formatlarda ishlash rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan murabbiy Pavel Elyanov bilan rasmiy shartnoma tuziladi.

➡️O‘quv-yig‘in ishtirokchilari:

Nig‘matov Ortiq

Abdisalimov Abdimalik

Saydaliev Saidakbar

Abdurahmonov Muahmmadali

Begmuradov Humoyun

Omonov Asrorjon

Baxrillayev Baxrom

Suyarov Muhammadzohid

Mazkur yig‘in O‘zbekiston shaxmat terma jamoasi uchun Olimpiadaga tayyorgarlik jarayonidagi muhim bosqich bo‘lib, xalqaro maydonda yurtimiz shaxmatchilarining nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Sahifalar cancel
Tillar