Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo'yicha Tata Steel Chess 2026 turniri davom etmoqda. 4-turda ikkala o'zbek grosmeysteri ham g'alaba qozondi.
Nodirbek Abdusattorov oq donalarda chexiyalik grossmeyster Nguyen Tai Dai Vanni mag'lub etdi. To'rt turdan so'ng Abdusattorov 3 ochko to'plab, turnir jadvalining birinchi o'rniga ko'tarildi. U ilgari turkiyalik 14 yoshli Yagiz Kaan Erdog'mus bilan durang o'ynab, hindistonlik Pragnanandha ustidan g'alaba qozongan va Aravindh Chitambaram bilan durang qayd etgan edi.
Javohir Sindorov qora donalarda germaniyalik Matias Bleubaumni mag'lub etdi va 2,5 ochko bilan ikkinchi o'rinda turibdi.
5-turda Nodirbek Abdusattorov AQSh vakili Hans Niemann bilan, Javohir Sindorov esa turkiyalik Yagiz Kaan Erdog'mus bilan o'ynaydi. Musobaqa 13 turdan iborat.