Ushbu musobaqada dunyoning 12 nafar kuchli shaxmatchisi ishtirok etadi. Hozirgacha 11 shaxmatchi ma’lum bo‘lib ulgurgan, so‘nggi ishtirokchi esa bugun nokaut tizimidagi musobaqada aniqlanadi. Kecha 16 xalqaro grossmeyster yagona yo‘llanma uchun bahsga kirishdi. Afsuski, saralashning birinchi bosqichidayoq yosh grossmeysterlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov raqiblariga imkoniyatni boy berib, mukofot jamg‘armasi 660 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi “Freestyle Chess Grand Slam Tour” turniri finaliga yo‘l ola olishmadi.