Endilikda Nodirbek Abdusattorov, Uesli So va Aleksandr Bortnik ushbu Ukraina kibersport klubi safida o‘ynaydi. Jamoa ertaga boshlanadigan "Chessable Masters" onlayn turnirida qatnashadi. Musobaqaning mukofot jamg‘armasi 150 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Eng yaxshi 12 nafar shaxmatchi 31-iyul – 3-avgust kunlari Ar-Riyodda o‘tadigan Esports World Cup musobaqasiga yo‘l oladi. Ushbu musobaqaning mukofot jamg‘armasi 1,5 million dollar bo‘ladi.