2026-yilning 9–14-mart kunlari Buxoro shahrida umumiy mukofot jamg‘armasi 70 000 AQSh dollarini tashkil etgan IV xalqaro “Women’s Chess Championship” nufuzli ayollar shaxmat turniri yakunlandi.
Musobaqada dunyoning 14 ta davlatidan 118 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. Mazkur nufuzli turnir ilk bor 3 ta guruhda tashkil etildi.
Masters guruhi (FIDE reytingi 2450 va undan yuqori):
1-o‘rin — Ulviya Fatalieva (Ozarbayjon) — 6,5 ochko
2-o‘rin — Nana Dzagnidze (Gruziya) — 6 ochko
3-o‘rin — Harika Dronavalli (Hindiston) — 5,5 ochko
Challengers guruhi:
1-o‘rin — Diana Xafizova (Rossiya) — 7 ochko
2-o‘rin — Anastasiya Bodnaruk (Rossiya) — 7 ochko
3-o‘rin — Bat-Erdene Mungunzull (Mongoliya) — 6,5 ochko
Futures guruhi:
1-o‘rin — Sitora Saparova (O‘zbekiston) — 8 ochko
2-o‘rin — Malika Jumaeva (O‘zbekiston) — 7 ochko
3-o‘rin — Nurelina Tursunalieva (Qirg‘iziston) — 7 ochko
Turnirda g‘olib va sovrindor bo‘lgan barcha shaxmatchilarni samimiy tabriklaymiz!