Joriy yilning 16–23 avgust kunlari Kolumbiya davlatida 16 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Butunjahon shaxmat olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.
(https://calendar.fide.com/calendar.php?id=2753)
Yurtimiz sharafini ushbu nufuzli musobaqada quyidagi iqtidorli sportchilar himoya qiladi:
➡️Suyarov Muhammadzohid (IM)
➡️Begmuratov Xumoyun (IM)
➡️Omonov Asrorjon (FM)
➡️Hamdamova Afruza (WIM)
Ushbu tarkib O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Murabbiylar kengashining 2025-yil 22-maydagi 15-son yig‘ilishi qaroriga asosan tasdiqlangan. Yigit-qizlarimizga omad tilaymiz!