Joriy yilning, 5-29-iyul kunlari Gruziyaning Batumi shahrida ayollar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha “Jahon kubogi 2025” musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Turnirda dunyoning 47 mamlakatidan 107 nafar eng kuchli ayol grossmeysterlar ishtirok etadi.
O‘zbekiston sharafini quyidagi shaxmatchilar himoya qiladi:
-IM Gulrukhbegim Tokhirjonova – FIDE prezidenti tomonidan “wild card”
-WIM Afruza Hamdamova – FIDE 3.4 zona chempioni
-WIM Umida Omonova – 2025-yilgi O‘zbekiston chempioni
Mukofot jamg‘armasi – 676 250 AQSh dollari, g‘olibga esa 50 000 AQSh dollari taqdim etiladi.
G‘olib va sovrindorlar 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan FIDE Ayollar nomzodlar turniriga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Qizlarimizga omad tilaymiz! Jahon sahnasida o‘z o‘rnini topgan O‘zbekiston shaxmati yana bir bor yorqin porlasin!