Joriy yilning, 13-22-avgust kunlari O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi va Xalqaro shaxmat akademiyasi hamkorligida shaxmat bo‘yicha xalqaro reytingli “Toshkent yozi – 2025” musobaqasi tashkil etiladi.
Musobaqa quyidagi guruhlarda o‘tkaziladi:
"A" guruhi – FIDE reytingi 1800 va undan yuqori bo‘lgan, tashkilotchilar tomonidan tanlab olingan 10 nafar shaxmatchi ishtirok etadi.
"B" guruhi – Barcha xohlovchilar uchun. Musobaqa shveysar tizimida 9 turdan iborat.
"C" guruhi – 2014-yilda va undan keyin tug‘ilgan yosh shaxmatchilar uchun.
Musobaqa badali:
– GM, WGM, IM, WIM unvoniga ega sportchilar va FIDE reytingi 2300 va undan yuqori bo‘lganlar uchun – bepul
– Reytingi 2299 gacha: 450 000 so‘m
– Reytingsiz ishtirokchilar: 500 000 so‘m
– “C” guruhi: 400 000 so‘m
60 yoshdan oshgan faxriylar, nogironligi bor shaxslar va Xalqaro shaxmat akademiyasi o‘quvchilari uchun – 30% chegirma
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 13-avgust, soat 16:00 gacha
Ro‘yxatdan o‘tish va hujjatlar topshirish uchun telegram orqali: @DjumaevBakhtiyor ga murojaat qilishingiz mumkin!