Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 16.07.2025
view 69
Xanti-Mansiyskda nufuzli xalqaro turnir boshlandi!
timeline

Joriy yilning, 14–26 iyul kunlari Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida XXII Anatoliy Karpovga bag‘ishlangan xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu yirik musobaqada yurtimiz sharafini xalqaro grossmeyster Shamsiddin Vohidov himoya qilmoqda.

Turnir mukofot jamg‘armasi 13 million 700 ming rublni tashkil qiladi.

Musobaqada Hindiston, Armaniston, Eron, Vengriya, Ispaniya va Rossiyadan taklif etilgan 10 nafar kuchli shaxmatchilar ishtirok etmoqda.

15-iyul kuni start olgan turnirning 1-turida Shamsiddin Vohidov ispan grossmeysteri Francisco Vallejo bilan durang natijani qayd etdi.

Sahifalar cancel
Tillar