Joriy yilning, 12–16 iyul kunlari Toshkent shahrida joylashgan O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi binosida shaxmat fidoyisi, ko‘plab kuchli shaxmatchilar ustoz-murabbiyi marhum Aleksandr Grushevskiy xotirasiga bag‘ishlab xotira turniri o‘tkazildi.
Musobaqa FIDE qoidalari asosida klassik yo‘nalishda 9 turdan iborat shveysarcha tizimda tashkil etildi. Unda Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning xalqaro va FIDE sport ustalari, grossmeysterlari qatnashdilar.
10 nafar ishtirokchidan iborat tarkibda eng yuqori natijalarni quyidagi shaxmatchilar qayd etdilar;
1-o’rin FM Orash Shonazarov (Qozog‘iston)
2-o’rin CM Miraziz Matyakubov (O‘zbekiston) – 5.5 ochko, +32 reyting yutug‘i
3-o’rin Bilolidin Obidov (O‘zbekiston) – 5 ochko, +73 reyting yutug‘i
Shuningdek, o‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar ham ijobiy natijalar qayd etdilar:
– Madinabonu Khalilova: +16 reyting;
– Sayyid Usmon Shamsuddin: +79 reyting.
Musobaqaning asosiy maqsadi – A. Grushevskiyning shaxmatga qo‘shgan hissasini yodda saqlash, yosh avlodni rag‘batlantirish va ularning xalqaro tajribasini oshirishdan iborat bo‘ldi.