Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 31.07.2025
view 128
O‘zbekistonlik shaxmatchilar jahon chempionatida munosib ishtirok etishdi!
timeline

Joriy yiling, 21–30 iyul kunlari Hindistonning Goa shahrida jismoniy imkoniyati cheklangan shaxmatchilar o‘rtasida IPCA tasnifidagi XXIV Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada dunyoning 18 davlatidan 97 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. O‘zbekiston sharafini 7 nafar shaxmatchimiz himoya qildi. Turnir standart, rapid va blits yo‘nalishlarida tashkil etildi.

Sportchilarimiz quyidagi yutuqlarga erishdilar:

🌎Standart yo‘nalishida:

Normuminov Uralbek — 15 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasida 2-o‘rin

Azimjonov Abdurahmon — 15 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasida 3-o‘rin

🌎Rapid yo‘nalishida:

Normuminov Uralbek—15 yoshgacha o'smirlar o'rtasida 1-o'rin

Ergashov Nurmuhammad — 15 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasida 3-o‘rin

🌎Blits yo‘nalishida:

Azimjonov Abdurahmon — 15 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasida 3-o‘rin

Hamyurtlarimizni ushbu yuksak natijalar bilan chin yurakdan tabriklaymiz! Ularga kelgusi musobaqalarda ham omad va zafarlar yor bo‘lsin!

Sahifalar cancel
Tillar