Joriy yilning, 2–7-avgust kunlari AQShning Vashington shahrida maktab jamoalari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha “World Schools Team Championship 2025” Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 49 davlatidan 290 nafar shaxmatchi ishtirok etishi kutilmoqda. Turnirda jami 55 ta maktab jamoasi ro‘yxatga olingan bo‘lib, O‘zbekiston sharafini “WISDOM” xususiy maktabi o‘quvchilari himoya qiladi.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, barcha ishtirokchilar bitta maktab vakili bo‘lishi va o‘z mamlakatidagi respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lishi shart. Shu sababli, 2024-yilda maktab jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Maktab ligasi” respublika bosqichida birinchi o‘rinni egallagan “WISDOM” maktabi jamoasi Jahon chempionatida ishtirok etishi belgilandi.
ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
“WISDOM” xususiy maktabining tarkibi quyidagicha:
Obidjonov Oriyat | Rapid reyting: 1892
Ravshanov Sheralijon | Rapid reyting: 1932
Xalilova Madinabonu | Rapid reyting: 1850
Begmuratova Sarvinoz | Rapid reyting: 1686
Hikmatxonova Moxinur | Rapid reyting: 1676
Holmatov Yoqubjon – jamoa sardori
Musobaqa jamoaviy tarzda tashkil etiladi. Har bir g‘alaba uchun 2 ochko, durang uchun 1 ochko, mag‘lubiyat uchun esa 0 ochko beriladi.
Yosh shaxmatchilarimizga omad tilaymiz!