9-avgust kuni poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod” saroyida “O‘zbekgidroenergo” AJ tashabbusi, Yoshlar ishlari agentligi ko‘magida hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamkorligida idora va tashkilot xodimlari o‘rtasida “Chess Board Open Championship of Uzbekhydroenergo JSC” shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, xodimlarning tafakkurini rivojlantirish, shuningdek, tashkilotlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, sovrinli o‘rinlarni quyidagi ishtirokchilar egalladi:
1-o‘rin – Haylaev Otabek — 130 mln so‘m
2-o‘rin – Axmedov Saidaхmadхоn — 100 mln so‘m
3-o‘rin – Ozodov Ulug‘bek — 70 mln so‘m
G‘oliblarni samimiy tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ularga yanada katta yutuqlar tilaymiz!