Nurafshon shahrida Mustaqilligimizning 34-yilligiga bag‘ishlab O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining Toshkent viloyati bo‘limi tantanali tarzda ochildi.
Tadbirda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Toshkent viloyati raisi, Toshkent viloyati hokimi Mirzayev Zoyir Toirovich hamda viloyatning faxrli sportchilari ishtirok etishdi.
Mazkur bo‘limning ochilishi yurtimizda shaxmat sportini yanada ommalashtirish va yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.