Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 04.09.2025
view 106
Grand Swiss 2025 matbuot anjumani o‘tkazildi!
timeline

Bugun, Samarqand shahrida jahon shaxmat jamoatchiligining e’tiborini qaratgan yirik musobaqa — FIDE Grand Swiss 2025 xalqaro turniriga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda turnir doirasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi, shuningdek, xalqaro va milliy miqyosdagi shaxmat arboblari hamda sportchilar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Tadbirda, FIDE Prezidenti - Arkadiy Dvorkovich, O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikromov, O‘zbekiston shaxmat Federatsiyasi 1-vitse-prezidenti- Alisher Sa’dullayev, amaldagi Jahon chempioni - Gukesh Dommaraju hamda ikki karra qizlar o‘rtasida Yoshlar Jahon chempioni - Afruza Hamdamova ishtirok etishdi.

Tomosha qilish uchun havola:

https://www.youtube.com/live/ujn3O1ucO2Y?si=Cpl4Baoan96htwnX

Sahifalar cancel
Tillar