Group
Asosiy
Missiya, maqsad, natija
2021
17 yoshli Nodirbek Abdusattorov tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi.
17 yoshli Nodirbek Abdusattorov tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi.
Nodirbek Abdusattorov FIDE tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida rossiyalik raqibini mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘ldi. Endi u 60 000 dollar oladi.
calendar 27.02.2025
timeline

Varshava (Polsha) shahrida o‘tayotgan FIDE tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida Nodirbek Abdusattorov jahon chempioni bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi xabar berdi. 17 yoshli o‘zbek grossmeysteri (FIDE reytingi: 2633) Levon Aronyan (2772) va Fabiano Karuana kabi dunyoning eng kuchli shaxmatchilarini mag‘lub etdi. Shuningdek, u Radoslav Voytashek va Boris Gelfanddan ustun keldi. 10-turda u amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenga qarshi g‘alaba qozondi. Rossiyalik Vladimir Fedoseyev (11-tur) va hindistonlik Gukesh Dommaraju (12-tur) bilan o‘yinlari durang bilan yakunlandi

Sahifalar cancel
Tillar