Andijondagi “Universal” sport majmuasida 7-17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan jami 840 nafar yosh shaxmatchi chempionlik uchun dona surmoqda. 4-tur yakuniga ko‘ra, Xondamir Elmirzayev 4 ochko bilan peshqadamga aylandi. Uni 3,5 ochko jamg‘argan Asrorjon Omonov, Akbarali Abduhakimov, Sayyid Usmon Shamsuddinov va Shahrombek Karimov ta’qib etmoqda