Group
Asosiy
Yangiliklar
calendar 15.05.2025
view 656
Shamsiddin Vohidov Osiyo chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritib, Jahon kubogiga yo‘llanma oldi
timeline

2025-yilgi Osiyo yakkalik shaxmat chempionati 15-may kuni BAAning Al-Ayn shahrida yakuniga yetdi. Turnir qit’aning eng kuchli shaxmatchilarini bir joyga to‘pladi va medallar uchun kurash so‘nggi turgacha davom etdi.

Oxirgi turda uchinchi taxtada O‘zbekistonlik grossmeysterlar o‘rtasida bellashuv bo‘lib o‘tdi: Nodirbek Yoqubboyev va Shamsiddin Vohidov o‘zaro durang o‘ynashdi. Bu natija Shamsiddin Vohidovga 6½ ochko to‘plash imkonini berdi va u bronza medali sohibi bo‘ldi.

Vohidov o‘zining kuchli o‘yini tufayli FIDE Jahon kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi va u yerda xalqaro shaxmatning eng nufuzli maydonlaridan birida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi.

Sahifalar cancel
Tillar