16–22-dekabr kunlari poytaxtda Navoi hokimiyati, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi va Sky Chess tomonidan tashkil etilgan "Tashkent Chess" xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tadi. Musobaqalar standart va blits formatlarda o‘tkazilib, shaxmatchilar FIDE reytingiga qarab guruhlarga ajratiladi. Bundan tashqari, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar ham ishtirok etishi mumkin. Ishtirok etishni istaganlar Telegram orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari kerak: @skychessuzb.