Aprel oyidan boshlab «Coscom» MChJ (Ucell savdo belgisi) barcha mintaqalar xodimlari o‘rtasida shaxmat musobaqasini o‘tkazmoqda. Bugun Nukusda, Respublika ixtisoslashtirilgan o‘yinlar va yengil atletika bolalar va o‘smirlar maktabi devorlarida Ucell-Nukus xodimlari o‘rtasida kompaniyaning birinchi shaxmat turnirining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. O‘yinlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shaxmat federatsiyasi bilan birgalikda tashkil etilib, kasbiy bayram — Radio va aloqa kuniga belgilandi.