×
Асосий
Янгиликлар
Ютуқлар
Тарих
Турнирлар
Федерация
Клублар
Ҳужжатлар
Контактлар
Ҳудудий федерациялар
Регионал
FAQ
Ўйинчилар
Рейтинг
uz
en
ru
oz
Асосий
●
Янгиликлар
28.10.2026
PRESIDENT CUP MUSOBAQASIDA RÖYXATDAN ÖTIŞ UÇUN MAXSUS ÇEGIRMA E’LON QILINDI
2026-yil 27-noyabr – 7-dekabr kunlari Toşkent şahridagi Xalqaro şaxmat akademiyasida 5-Xalqaro President Cup xalqaro şaxmat musobaqasi ötkaziladi. Özbekistonlik şaxmatçilar uçun “Open-A” va “Open-B” guruhlarida röyxatdan ötişda maxsus çegirma joriy etilgan. 2026-yil 5-noyabrgacha röyxatdan ötgan iştirokçilar 100 000 söm miqdorida çegirma olishlari mumkin. Eslatma : Ayollar hamda faxriylar 50% chegirma asosida röyhatdan ötişlari mumkin. Umumiy sovrin jamğarmasi: 100 000 AQŞ dollari. Musobaqa nizomi bilan tanişiş va röyxatdan ötiş uçun: https://presidentcup.uz 🕊Telegram (https://t.me/Uzbchessfederation) 📱Instagram (https://www.instagram.com/uzchessofficial) 🔹 Facebook (https://www.facebook.com/uzchessofficial/) 🌍Veb sayt (https://uzchess.uz/oz/)
28.10.2026
Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri 27–29-oktabr kunlari St. Louis Chess Clubda start oladi.
Musobaqada Javokhir Sindarov, Hikaru Nakamura, Fabiano Caruana va Praggnanandhaa iştirok etadi. Turnir 4 nafar şaxmatçi örtasida ötkaziladi. Har bir iştirokçi qolgan uç raqibiga qarşi oq va qora donalarda ikki martadan bahs olib boradi. Şu tariqa har bir şaxmatçi bir kunda 6 ta, turnir davomida jami 18 ta partiya öynaydi. Barça partiyalar 10 daqiqa + har bir yurişga 5 soniya vaqt nazorati asosida ötkaziladi. Turnirning öziga xos jihatlaridan biri — har bir kun uçun ğalabaga beriladigan oçkolar miqdori turliça: 27-oktabr: ğalaba — 1 ball va 1000$, durrang — ½ ball. 28-oktabr: ğalaba — 2 ball va 2000 $, durrang — 1 ball. 29-oktabr: ğalaba — 3 ball va 3000$, durrang — 1 ball. Turnirning umumiy mukofot jamğarmasi 425 000 AQŞ dollarini taşkil etadi. 1-örin sohibi 125 000 AQŞ dollari, 2-örin — 94 000, 3-örin — 72 000, 4-örin — 62 000 AQŞ dollari bilan taqdirlanadi. 27-oktabr kuni soat 22:00 da turnirning ilk bahslari boshlanadi. Mazkur musobaqa Javokhir Sindarov uçun alohida ahamiyatga ega. Chunki bu uning Gukesh D bilan bo‘lib o‘tadigan Jahon çempionligi uçraşuvidan oldingi so‘nggi turniri hisoblanadi. 🕊Telegram (https://t.me/Uzbchessfederation) 📱Instagram (https://www.instagram.com/uzchessofficial) 🔹 Facebook (https://www.facebook.com/uzchessofficial/) 🌍Veb sayt (https://uzchess.uz/oz/)
26.10.2026
Bişkekda 4-Osiyo Para şaxmat çempionati start oladi
29 oktabrdan 8 noyabrgacha Qirğizistonning Bişkek şahrida 4-Osiyo Para şaxmat çempionati ötkaziladi. Musobaqada Osiyo mamlakatlarining Milliy şaxmat federatsiyalari vakillari, jumladan erkaklar, ayollar, yoşlar va qizlar bahs olib boradilar. Standart şaxmat bahslari 9 turdan iborat Şveysarça tizimda, 90 daqiqa + har bir yurişga 30 soniya vaqt nazorati ostida ötkaziladi. Şuningdek, dasturdan Rapid va Blitz bahslari ham örin olgan. Musobaqada iştirok etadigan barça vakillarimizga omad va yuqori natijalar tilaymiz! Nizomi (https://t.me/shaxmatnizomlari/10) 🕊Telegram (https://t.me/Uzbchessfederation) 📱Instagram (https://www.instagram.com/uzchessofficial) 🔹 Facebook (https://www.facebook.com/uzchessofficial/) 🌍Veb sayt (https://uzchess.uz/oz/)
22.10.2026
Ikki karra Osiyo chempioni Muhammadyusuf Baxromov taqdirlandi
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi Baxromov Muhammadyusuf Rossiyaning Tula viloyatida o‘tkazilgan 20-Osiyo maktab o‘quvchilari shaxmat chempionatida 7 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida klassik shaxmat va blits yo‘nalishlarida ikki karra Osiyo chempioni bo‘lgandi. Mazkur yuksak natijasi munosabati bilan Muhammadyusufga 10 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti hamda televizor topshirildi. Yosh chempionimiz Baxromov Muhammadyusufni yana bir bor muborakbod etamiz va kelgusidagi musobaqalarda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🇺🇿 🕊Telegram (https://t.me/Uzbchessfederation) 📱Instagram (https://www.instagram.com/uzchessofficial) 🔹 Facebook (https://www.facebook.com/uzchessofficial/) 🌍Veb sayt (https://uzchess.uz/oz/)
22.10.2026
Kecha, 21-oktabr kuni, Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida Para shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi.
Musobaqada erkak va ayol shaxmatchilar 9 tur davomida g‘oliblik uchun bahs olib boradilar. Bellashuvlar Shveysarcha tizim asosida, 90 daqiqa + har bir yurishga 30 soniya vaqt nazorati bilan o‘tkaziladi. Chempionat doirasida har kuni 2 tadan tur o‘tkazilib, bahslar 25-oktabr kuni yakunlanadi. Barcha ishtirokchilarga musobaqada omad va muvaffaqiyat tilaymiz! 🕊Telegram (https://t.me/Uzbchessfederation) 📱Instagram (https://www.instagram.com/uzchessofficial) 🔹 Facebook (https://www.facebook.com/uzchessofficial/) 🌍Veb sayt (https://uzchess.uz/oz/)
22.10.2026
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar jahon chempionatida 5 ta medalni qo‘lga kiritdi
Ispaniyada o‘tkazilgan FIDE U7–U17 yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdilar. 🥇 1-o‘rin — oltin medal Lazizabonu Komiljonova — U13 qizlar o‘rtasida jahon chempioni. 🥈 2-o‘rin — kumush medal Sayfuddin Erkinboev — U9 o‘g‘il bolalar o‘rtasida. Sarvinoz Begmuratova — U13 qizlar o‘rtasida. Akbar Mustafakulov — U11 o‘g‘il bolalar o‘rtasida. 🥉 3-o‘rin — bronza medal Husnorakhon Husnitdinova — U11 qizlar o‘rtasida. Shuningdek, Fazliddin Farhodov U9 o‘g‘il bolalar bahslarida 7-o‘rinni egalladi, Aminabonu Zohirova — U9 qizlar o‘rtasida 5-o‘rin egallab kuchli 10 talikdan joy olishti. 🇺🇿 Yosh shaxmatchilarimizni ushbu yuksak natijalar bilan tabriklaymiz! 🕊Telegram (https://t.me/Uzbchessfederation) 📱Instagram (https://www.instagram.com/uzchessofficial) 🔹 Facebook (https://www.facebook.com/uzchessofficial/) 🌍Veb sayt (https://uzchess.uz/oz/)
22.10.2026
Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida 50 yoshdan yuqori shaxmatchilar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati o‘z yakuniga yetdi.
9 tur yakunlariga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida: 🥇 1-o‘rin — Ibragim Karimov — 7,5 ochko 🥈 2-o‘rin — Nurulla Uralov — 6,5 ochko 🥉 3-o‘rin — Rustam Saydaliev — 6,5 ochko Ayollar o‘rtasida: 🥇 1-o‘rin — Muqaddam Shakirova — 5 ochko 🥈 2-o‘rin — Gulnora Tursunova — 3 ochko Shuningdek, 65 yoshdan yuqori ishtirokchilar orasida alohida sovrinlar topshirildi. Ushbu toifada Mahmadjon Sultonmurodov, Rakhman Umarov va Aleksandr Vasilenko taqdirlandi. Barcha g‘olib va sovrindorlarni tabriklaymiz! 🇺🇿 🕊Telegram (https://t.me/Uzbchessfederation) 📱Instagram (https://www.instagram.com/uzchessofficial) 🔹 Facebook (https://www.facebook.com/uzchessofficial/) 🌍Veb sayt (https://uzchess.uz/oz/)
20.10.2026
Tair Vahidov — Osiyo faxriylar chempionati g‘olibi!
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida o‘tkazilgan Osiyo faxriylar chempionatining S50+ Rapid yo‘nalishida O‘zbekiston vakili GM Tair Vahidov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz 7 turda 6 ochko jamg‘arib, musobaqani 1-o‘rinda yakunladi. 🇺🇿 Tair Vahidovni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz! 🕊Telegram (https://t.me/Uzbchessfederation) 📱Instagram (https://www.instagram.com/uzchessofficial) 🔹 Facebook (https://www.facebook.com/uzchessofficial/) 🌍Veb sayt (https://uzchess.uz/oz/)
«
»
Саҳифалар
Асосий
Янгиликлар
Контактлар
Фото галерея
Ютуқлар
Тарих
Турнирлар
Рейтинг
Видео галерея
Ҳужжатлар
Клублар
Ҳудудий федерациялар
Федерация
Ўйинчилар
7Saber Rating
FAQ
Регионал
Медиа
Қидириш
Тиллар
ru
oz
en
Кириш